
Villian tez orada "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi
Braziliyalik yarim himoyachi Villian tez orada "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
The Times nashri tarqatgan xabarga qaraganda 30 yoshli futbolchi “aristokratlar” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Villian o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 56ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar