
Villian "Chelsi"ning antirekordiga "hissa qo‘shdi"
Angliya premer-ligasining 7-tur qoldirilgan o‘yinida “Fulxem” London derbisida “Chelsi”ni mag‘lub etib, joriy chempionatdagi to‘qqizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
“Fulxem”ning gollaridan birini "Chelsi"dagi o‘yinlari bilan yodda qolgan hujumkor yarim himoyachi Villian kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik "Chelsi"da o‘ynab, klubni tark etgan va unga gol urgan APL tarixidagi 26-futbolchi bo‘ldi. E’tiborlisi, “aristokratlar” Angliya chempionati tarixida sobiq futbolchilari tomonidan gol o‘tkazib yuborgan jamoalar ro‘yxatida peshqadamga aylanib oldi.
London grandi APL doirasida navbatdagi uchrashuvini 15 yanvar kuni yana bir hamshahari – “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar