
Villash-Boash Frantsiyadan ketmoqchi emas
"Marsel" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash keyingi mavsum rejalariga to‘xtalib o‘tib, yangi mavsumda ham frantsuz klubini boshqarish niyatidaligini ta’kidlab o‘tdi.
"Marsel" bilan Chempionlar ligasida ishtirok etishni xohlayman, ammo biz yozgi transfer oynasini ko‘ngildagidek o‘tkazib olishimiz kerak bo‘ladi. Yangi futbolchilar tarkib raqobatbordoshligini oshiradi, ammo moliyaviy vaziyatimizni ham inobatga olishimiz kerak", - deydi murabbiy.
Frantsiya chempionati muddatidan oldin yakunlangani sabab "Marsel" mamlakat milliy birinchiligini ikkinchi o‘rinda yakunlab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar