
Viktor Kumikov shogirdlarini safarda muhim o‘yin kutmoqda
"Andijon" Pro liga 2-turida “Bobur arena”da “Yangier-Quruvchi”ni 2:0 hisobida taslim qilgandi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng murabbiylar futbolchilarga bir kunlik dam berishgandi. Bugun jamoa a’zolari Bo‘stondagi qarorgohida to‘plandilar. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Burgutlar"ni 20 mart kuni safarda “Xorazm”ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Viktor Kumikov o‘z shogirdlari bilan bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlikni bugundan boshladi.
Fikrlar