Viktor Jalilov "Paxtakor"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 7 aprel, 2021, 21:06
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" - "Paxtakor" (1:2) o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Viktor Jalilov ishtirok etdi.

Tecno

- Juda qiyin va murakkab o‘yin bo‘ldi. O‘zbekistondagi eng kuchli jamoaga qarshi maydonga tushdik.  Bugungi o‘yin durangga mos edi. Biroq imkoniyatni boy berdik. Bugun futbolchilarimiz juda yaxshi harakat qilishdi. Gol urgandan keyin ham himoyaga yotib olishmadi. Qolgan voqealar haqida gapirmayman...

Farhod Mirahmatov chap qanot himoyachisi. Davron Hoshimov esa o‘ng tomonda o‘ynaydi. O‘ng qanot himoyachimiz Xushnud Avilovda jarohat bor. Hujumchilar muammosi esa nafaqat bizda, balki butun O‘zbekistonda ham mavjud. Hozirgi kunda o‘yin taqdirini hal qiladigan sanoqli hujumchilarga egamiz. Mashg‘ulotlardagi harakatlaridan so‘ng, futbolchilarni maydonga tushiramiz.

Hozir legioner yoki mahalliy futbolchini ajratmoqchi emasman. U yoshmi, yoshi o‘tib qolganmi, men uchun maydonga tushib, "Navbahor" libosida yaxshi o‘yin ko‘rsatishi muhim. Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatganlar maydonga tushadi. Isoqjonov kichik jarohat olgani sabab uni almashtirishga majbur bo‘ldim.

Mag‘lubiyatga uchradikmi, demak bizga mahorat, sovuqqonlik etishmadi. Qaysidir pallada omad ham. Nimadir etishmadi. Kamchiliklarni muhokama qilamiz. Futbolchi almashtirish o‘yinning borishiga qarab amalga oshiriladi. Shuning uchun Tasich o‘yinga qo‘shildi. Igor Golbanning oldinda ko‘proq foydasi tegishini inobatga olib, uni oldinga o‘tkazib, Putinchaninni orqaroqqa o‘tkazdik, - dedi Viktor Jalilov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
07/04/2021 23:23
Варга хакамлик килишга Коваленкога ухшаган инсонларни, еки Хайрулла Хамидов еки Даврон Файзиевга ухшаган футболни яхши тушунадиган мутахассисларн куйиш керак. Умуман Олланда 88 минутда жудаям спорный булган пеналтини белгилаш адолатсизлик!
Akbarali Abdunazarov
07/04/2021 23:19
Шу яхши келаетган уйинни бузиб ташлади бу хакамлар, Асимов узи судя булган вактларида хам осмонни уйгани йук, энди Варга куйишибди, мен Вар ишлайди деган вактида хам чемпионат бошланишидан олдин айтганман Варни хам узбеклар алдайди деб. Тугри контакт булган булиши мумкин лекин пеналтига тортмайдику. Хакам саккиз минут курди холатни, пенальти бермокчи эмас эди, Бу холатда контакт булган булса хам каттик контакт йук эди. Уйинни суратини тушуриб юборди булар. Европа да хам варда бундай холатда пенальти берилмайдику. Пахтакор мухлисларига эьтирозим йук. Энди футболдаги бундай салбий холатларга депутатлар аралашиши еки каррупцияга карши Агентлиги шугулланиши керакми. Бекорга нима керак Варга пул сарфлаб .
&
lochinlar navbahor
07/04/2021 22:48
Xa vitktor jalilov bunaqa vaxiyatlarni xammasini biladi bu sudiyaga bolgab tepadan topshiriq