
Vidal faoliyatini Argentina grandi safida davom ettirishi mumkin
"Barselona" xavbeki Arturo Vidal mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Fox Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli chililik futbolchiga "Boka Xuniors" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Uning transferi esa argentinaliklarga 18 mln evroga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Vidal “Barselona” safiga 2018 yil 19 mln evro evaziga “Bavariya”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum 41ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar