Vetnamdagi bokschilarimiz vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Ertaga jang!

  • 16 aprel, 2021, 11:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ertaga Vetnamning Xoshimin shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Mazkur kechada Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan ikki hamyurtimiz Abdulaziz Najmiddinov (6-0, 6 KO) hamda Ravshanbek Shermatov (5-1, 2 KO) ham ringga ko‘tariladi. 

Tecno

Najmiddinovga mezbonlar vakili, professional boksda debyut jangini o‘tkazadigan Tren Nguen raqiblik qilsa, Shermatov ham vetnamlik Bui San Soni sinovdan o‘tkazadi. Bui San ham o‘zining debyut jangida ringga ko‘tariladi.

Bugun ushbu jang avvalida vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi. Unda yurtdoshlarimiz belgilangan vazn me’yorini bajara oldilar. Shu o‘rinda har ikki vakilimizga ertangi jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

sher1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!