Velosportchilarimiz Tailandda shohsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Tailand davlatining Supxan Buri shahri velotrek bo‘yicha Osiyo Kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

Mazkur Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun joriy yilning 2 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2 nafar murabbiy va 5 nafar sportchisi hamda 1 nafar O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi vakilidan Supxan Buri shahriga jo‘nab ketgan edi.

Osiyo Kubogining ilk kuni sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. O‘smirlar o‘rtasida kechgan baxslarda sportchimiz Bexzod Raximboev va ayollar o‘rtasida Baymetova Renata 1 tadan bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasida esa Yanina Kuskova ikkita bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  Shu tariqa musobaqaning ilk kuni O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!