
Velosport: Dastlabki kun biz uchun omadsiz boshlandi
Mazkur chempionat O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI), Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) hamda mamlakatimiz velosport federatsiyasi tomonidan o‘tkazilmoqda.
Unda Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Vetnam, Gonkong, Malayziya, Filippin, Tailand, Mo‘g‘uliston, BAA, Iordaniya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaman va Livan kabi 40ga yaqin mamlakatdan 500 nafardan ortiq velopoygachilar ishtirok etmoqda.
Bugun start olgan musobaqaning ayollar o‘rtasidagi 30 km masofaga o‘tgan jamoaviy poyga Janubiy Koreya terma jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qozog‘iston termasi marraga ikkinchi bo‘lib etib keld. Gonkong sharafini himoya qilgan velopoygachilar chempionatning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Fikrlar