Vasiliy Lomachenko garajidan qanday qimmatbaho avtomobillar o‘rin olgan?

  • 2 may, 2020, 15:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Engil vazn toifasidagi WBC, WBA, WBO chempioni ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenko garajidan qanday avtomobillar o‘rin olganligi va qaysi vaqtda ulardan foydalanishi borasida aytib o‘tdi.

Tecno

 "Men hozirda asosan  to‘rtta mashina xizmatidan foydalanaman. Eng sevimli va kunlik boshqaradiganim "Mercedes Gelandewagen" hisoblanadi.  Ov qilish uchun esa, "Toyota Land Cruiser 200" bor. U aynan shuning uchun ishlab chiqarilgan desam yanglishmagan bo‘laman. Qolaversa, dam olish kunlari "Mercedes S 63" dan foydalanaman. Shuningdek, "Nissan Silvia" rusumidagi avtomobilimni ham tez-tez boshqarib turaman. Albatta, menda yana boshqa mashinalar ham bor. Ammo Ukrainadagi yo‘l qoplamasi ulardan foydalanish imkoniyatini bermaydi”,-dedi Lomachenko.

Darvoqea, ukrainalik bokschi kollektsiyasidan "Lamborghini Huracan", "Mercedes-Benz G63 AMG 6X6" ham o‘rin olgan.Manba: Boks TV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!