
VARga murojaat qilish soni cheklanishi mumkin
Janni Infantino VAR tizimidagi yangiliklar haqida gapirdi.
FIFA yangi qoidalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Unga ko‘ra, murabbiylar o‘yin vaqtida VAR bilan bog‘lanish uchun ikkita imkoniyatga ega bo‘lishadi. Agar hakam vaziyatni ko‘rib chiqqandan keyin o‘z qarorini o‘zgartirsa, murabbiyning VAR bilan bog‘lanish imkoniyati yo‘qolmaydi.
“Biz VAR tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish niyatidamiz. 65 ta federatsiya allaqachon VAR tizimini joriy qilgan. Kamroq kameralar bilan soddalashtirilgan texnologiya yaratildi va ko‘proq mutasaddilarga ehtiyoj qolmadi, bu esa ushbu tizimni hamma uchun qulayroq qiladi.
Tizim allaqachon sinovdan o‘tkazilmoqda. Murabbiylar ikki marta VAR yordamini so‘rash imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘yinchilar murabbiy orqali so‘rov yuborishlari mumkin. Agar qaror o‘zgartirilsa, yuborilgan so‘rov hisobga olinmaydi va murabbiy ikkita imkoniyatini saqlab qoladi”, — dedi FIFA prezidenti.
Fikrlar