Varanning keyingi “ish joyi” qaer bo‘lishi mumkin? (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 24 mart, 2019, 16:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amaldagi Jahon chempioni Ispaniya futbolidagi barcha sovrinlarni yutib bo‘ldi. Ikki marta La Liga, bir marta Qirol Kubogi, naq to‘rt marta EChL bosh sovrinlari bilan birga uchta Super Kuboklar uning muzeyini to‘ldirib turibdi.

Tecno

Shu tufayli Varan yangi chaqiriqlarni qabul qilsa ajabmas. Endigina 25 yoshga to‘lgan himoyachi katta futbolda ancha yutuqlarga erishdi.

Zinedin Zidanning yaqinda klubga qayta murabbiy etib tayinlanishi ortidan “Real” kelayotgan yozni ancha qaynoq o‘tkazishi oydinlashdi. Madridliklar hatto Varanga raqobatchini imzolashga ham ulgurishdi. Ular “Portu”dan umidli Eder Militaoni olib kelishadi.

Frantsuz OAV esa markaziy himoyachi yangi klub qidirishni boshlab yuborganini ta’kidlashmoqda. Agarda bu haqiqat bo‘lsa, qaysi klublar uning yangi ish joyi bo‘lishi mumkin?

“Orzu”

“Pari Sen-Jermen”

Neft boshqaradigan klub frantsiyalik futbolchi uchun eng yaxshi variant bo‘lsa ajabmas. Garchi ularning EChLdagi ishlari hech o‘xshamayotgan bo‘lsada, har yili parijliklar Chempionlar Ligasida ishtirok etib kelishmoqda.

Iqtidorli murabbiy Tomas Tuxelning kelishi ham ularga yordam bermadi. Nemis mutaxassisi “MYu” to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Bu Varanga ona vataniga qaytib qit’aning nufuzli turnirida g‘olib chiqishiga yordam berishga undasa ajabmas. “Qaymoqranglilar” bilan to‘rt marotaba bu sovringa ega chiqqan himoyachi poytaxt klubini yangi darajaga olib chiqishga qodir.

“Yuventus”

Leonardo Bonuchchi va Jorjo Kellinilar bir necha yillik yuqori o‘yinlaridan keyin kelgusi mavsumda zaxiraga tushib qolishlari mumkin. Ikki himoyachi mos ravishda 35 va 32 yoshni qarshi olishadi.

Massimiliano Allegri esa yosh, iste’dodli himoyachilar bilan ularning o‘rnini to‘ldirib qolishni istashi turgan gap.

Uning o‘tishini vatandoshi Lilian Tyuramning 2001-yilda “Parma”dan “Yuventus”ga o‘tishiga o‘xshatish mumkin. Varan ham hamyurti singari Alp tog‘larida qahramonga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar etarli.

Varan Lilian Tyuram (7-o‘rin) va Marsel Desayi (10-dan) keyin “Oltin to‘p”ning kuchli o‘nligiga kirgan ilk frantsuz himoyachisi hisoblanadi. Bu esa uning salohiyatidan darak beradi.

Haqiqat

“Manchester Yunayted”

“Qizil iblislar”ning sobiq murabbiyi Joze Mourino o‘tgan yozda “Real” vakilini sotib olish istagini yashirmagandi. Biroq ijrochi direktor Ed Vudvord buni amalga oshirishni istamadi va murabbiy bilan oralaridagi munosabat yomonlashishiga olib keldi. Natijada portugaliyalik murabbiy o‘z lavozimini sharmandali tarzda tark etdi.

Ammo mart oyiga kelib klubning himoya chizig‘idagi muammolar tuzalib ketmaganini ko‘rsatmoqda. Shu tufayli birorta nomdor himoyachini olib kelishsa ajabmas.

Frantsiyalik futbolchi 2011-yildayoq “Lans”dan “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Biroq yosh himoyachi o‘shanda “Real” variantini afzal ko‘rgandi. “MYu” esa Fil Jons tanlovida to‘xtagandi.

2014-yilda esa undan nega “Manchester Yunayted” emas, “qirollik klubi”ni tanlagani haqida so‘rashdi. Himoyachi “MYu”? Ular meni o‘rnimga Fil Jonsni imzolashdi” – deya javob qaytargandi. Ayni vaqtda ingliz jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher himoyachiga qayta qiziqish bildirishi mumkin. U dekabr oyida klubni qabul qilib olganidan keyin vaqtinchalik ishini doimiyga aylantirib olishni juda-juda istaydi. Buning uchun yozda klubning zaif nuqtalarini “kuchaytirib” olishi kerak bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!