Valverde va Koutinoning "Barselona"dagi taqdiri so‘roq ostida

  • 8 may, 2019, 18:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng o‘z lavozimida qolmasligi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar rahbariyati 55 yoshli mutaxassisning jamoadagi taqdirini mavsum yakunlangach muhokamaga qo‘yadi va unga oydinlik kiritadi. Ta’kidlash kerakki, Valverde garchi yaqindagina klub bilan amaldagi shartnomasini 2020 yilga qadar uzaytirgan bo‘lsada, unga chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin.

“Barselona” rahbariyati shuningdek sarflangan pullarni oqlamayotgan braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinoni ham transferga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!