
Valverde va Baena mojarosining sabablari ma’lum
"Real" - "Vilyarreal" uchrashuvidan keyin Valverde raqib futbolchisi Baenaga tashlangani va uning yuziga bir musht tushirgani haqida xabarlar paydo o‘ldi. Qizig‘i bahs davomida bu ikki o‘yinchi bir-biri bilan ziddiyatga bormagan va hech qanday to‘qnashuv sodir bo‘lmagan. Aslida voqea nimadan boshlangandi?
Gap shundaki, Ispaniya kubogining nimchorak finalida "Real" - "Vilyarreal" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Madridliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda Baena Fedega oilasi, aniqrog‘i tug‘ilajak farzandi haqida qo‘pol so‘zlar bilan, unga provokatsiya qilishga uringan. (Aytilgan gaplar: Seni o‘g‘ling tug‘ilmaydi, endi yig‘la!)
Valverde o‘sha gaplarni esidan chiqarmagan va Madridda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qasos olmoqchi bo‘lgan. U 59-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Urugvaylik futbolchi bir necha marta Aleksga zarba berishga, yarim himoyachiga nisbatan qo‘pollik ishlatishga uringan. Ammo o‘xshamaganidan keyin undan o‘yindan keyin kutib turishini so‘ragan. Baena bunga e’tibor qilmagan va avtobusga chiqayotgan payt Valverde paydo bo‘ldi va uning yuziga bir musht tushirib, boshqa oilasi haqida bunday gapirmasligi kerakligini tushuntirgan.
Federikoning yaqinlari ma’lum qilishicha, u oldinlari hech kimga qo‘l ko‘tarmagan. Ushbu voqeaga jiddiy sabab borligi tufayli, Valverde Baenaga hujum qilgan.
Fikrlar