Valverde turmush o‘rtog‘i Anchelottini tanqid qilgan vaziyatga munosabat bildirdi

  • 12 yanvar, 16:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Federiko Valverde turmush o‘rtog‘ining Karlo Anchelottini tanqid qilgani haqida fikr bildirdi. 

Noyabr oyida "Real" Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida "Milan"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Ikkinchi bo‘lim avvalida "qaymoqranglilar" ustozi Karlo Anchelotti urugvaylik o‘rniga Eduardo Kamavingani maydonga tushirdi. 

Bu o‘zgartirish Valverdening rafiqasiga yoqmadi. Mino Boniro ijtimoiy tarmog‘i orqali shunday yozdi: Fede himoyaviy yarim himoyachi sifatida o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmoqda. Qachon ular Valverdening vinger emasligini tushunishadi? 

"Muhimi shundaki, Karlo va men o‘rtamizda hech qanday mojaro bo‘lmagan. Men ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmayman va bularning barchasi men uchun kutilmagan bo‘ldi. 

Murabbiy hamisha men uchun, jamoa uchun eng yaxshisini xohlaydi. Xuddi xotinim uyda shunday qilgani kabi. Men kimningdir yonini olmayman. Hamma o‘zi yaxshi ko‘rgan tomonda turadi. Murabbiy jamoa uchun, xotinim esa men va bolalarimizning otasi uchun. 

O‘sha bellashuvdan so‘ng murabbiy bilan hech narsa haqida gaplashmadik. Sababi, men vaziyatdan bexabar edim. Keyinroq suhbatlashdik va men g‘azablanmagan edim. Siz murabbiyning qarorini hurmat qilishingiz kerak", -
dedi "qirollik klubi" xavbeki. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!