
Valverde "Selta"ga qarshi o‘yinda yoshlarni maydonga tushiradi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing "Selta"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi turida tarkibda keskin o‘zgarishlar qilmoqchi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar ustozi “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL yarim final javob bahsidan oldin jamoaning asosiy futbolchilariga dam berishga qaror qilgan. Ta’kidlash kerakki, “ko‘k-anor ranglilar” o‘tgan tur muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishgan edi.
Bugun “Barselona”ning asosiy tarkibida Inyaki Penya, Mussa Vage, Oriol Buskets, Aleks Kollado, Riki Puch, Karles Peres va Abel Ruis kabi yosh futbolchilar shug‘ullanishgan. Katta ehtimol bilan ana shu yoshlar “Selta”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishadi.
Fikrlar