
Valverde Neymarning "Barselona"ga qaytishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde PSJ forvardi Neymarning yana kataloniyaliklar safiga qaytishi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Neymarning qaytishiga kelsak, nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Bilasiz, u hozir boshqa jamoa futbolchisi. Men esa “Barselona” boshqaryapman va shu bois faqat qo‘l ostimdagi futbolchilar haqida o‘ylayman. Ular yaxshi futbolchilar”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013-2017 yillarda “Barselona” safida to‘p surgan va shundan so‘ng 222 mln evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar