
Valverde Anchelotti haqida: "Men undan g‘azablanganman"
"Real Madrid"ning 26 yoshli futbolchisi Federiko Valverde jamoa ustozi Karlo Anchelottiga munosabati haqida gapirdi.
"Men har qanday pozitsiyada o‘ynashni o‘rgandim. Boshida Anchelotti bilan joyimni o‘zgartirish haqida gap boshlanganda g‘azabda edim.
Murabbiy talablarini qadrlash, tushunish va bundan unumli foydalanish kerakligini o‘rgandim", - dedi urugvaylik xavbek.
Eslatib o‘tamiz, Valverde o‘tgan mavsum La Ligada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar