
"Valensiya" ishtirokidagi o‘yin ham kelishilganlikda gumon qilinmoqda
Ispaniya politsiyasi kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha tergov olib bormoqda.
Antena3 telekanali efirida aytilishicha "Valensiya" - "Ueska", shuningdek, "Betis" - "Ueska" uchrashuvlari kelishilganlikda gumonlanmoqda. E’tiborlisi, ushbu kelishuvda klub rahbariyati emas, balki, ayrim futbolchilar ishtirok etgani gumon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni politsiya 11 nafar gumonlanuvchi shaxsni, shu jumladan “Ueska” prezidentini ham qo‘lga olgan edi.
Fikrlar