
Vadim Abramov O‘zbekiston U-19 mashg‘ulotiga tashrif buyurdi yoxud bosh jamoa murabbiylar shtabi yoshlarda (Foto)
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Toshkentdagi chig‘atoy bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib bormoqda.
15 iyunga qadar davom etadigan ushbu yig‘inga bosh murabbiy Timur Kapadze 23 nafar futbolchini jalb etgan.
Kecha bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarga MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov ham tashrif buyurdi va O‘zbekiston U-19 terma jamoasi murabbiylar shtabiga kerakli maslahatlarini berdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Mirko Yelichich ham mazkur yig‘in davomida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha Timur Kapadzega yaqindan ko‘maklashmoqda.
Milliy terma jamoada ham ushbu uchlik, ya’ni Vadim Abramov, Mirko Yelichich va Timur Kapadze birgalikda faoliyat olib borishadi.
Fikrlar