Vadim Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga 21 nafar futbolchi chaqirdi

  • 12 fevral, 2020, 18:45
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2020 yilda saralash doirasida 3 ta juda muhim o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.

Tecno

Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi. Ushbu o‘yinga jiddiy hozirlik olib borish maqsadida terma jamoamiz 18-24 fevral kunlari BAAda yig‘in o‘tkazishi haqida oldinroq ma’lumot bergan edik.

Bosh jamoamiz 18 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oladi.

Mazkur yig‘in doirasida Belarus terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. Uchrashuv 23 fevral kuni Sharjadagi “Al Hamriya” stadionida soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.

 

Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

 

Ism-familiyasi Tug‘ilgan sanasi Jamoasi Ampluasi
1. Eldorbek Suyunov 12.04.1991 «Paxtakor» Darvozabon
2. Abduvohid Ne’matov 20.03.2001 «Nasaf» Darvozabon
3. Abdumavlon Abdujalilov 22.12.1994 «Bunyodkor» Darvozabon
4. Egor Krimets 27.01.1992 «Paxtakor» Himoyachi
5. Umarbek Eshmurodov 30.11.1992 «Paxtakor» Himoyachi
6. Islomjon Qobilov 01.06.1997 «Bunyodkor» Himoyachi
7. Husniddin Aliqulov 04.04.1999 «Nasaf» Himoyachi
8. Murod Xolmuhammedov 23.12.1990 «Qo‘qon-1912» Himoyachi
9. Oleg Zoteev 05.07.1989 «Lokomotiv» Himoyachi
10. Sardor Qulmatov 22.11.1994 «So‘g‘diyona» Himoyachi
11. Akbarjon Ismatullaev 10.01.1991 «Metallurg» Himoyachi
12. Sharof Muxitdinov 14.07.1997 «Nasaf» Yarim himoyachi
13. Sanjar Qodirqulov 27.05.1997 «Bunyodkor» Yarim himoyachi
14. Jasurbek Jaloliddinov 15.05.2002 «Bunyodkor» Yarim himoyachi
15. Oybek Bozorov 07.08.1997 «Nasaf» Yarim himoyachi
16. Azizbek Turg‘unboev 01.10.1994 «Navbahor» Yarim himoyachi
17. Abrorbek Ismoilov 08.01.1998 «Paxtakor» Yarim himoyachi
18. Igor Sergeev 30.04.1993 «Paxtakor» Hujumchi
19. Bobir Abdixoliqov 23.04.1997 «Nasaf» Hujumchi
20. Humoyun Murtazoev 08.11.1992 «Bunyodkor» Hujumchi
21. Shoxruz Norxonov 13.04.1993 «So‘g‘diyona» Hujumchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dastan Uteuliev
12/02/2020 19:41
Онкей байдын балдары, буларды эшак кылып тренировка кылдырыу керек
Dastan Uteuliev
12/02/2020 19:39
Мына составпенен Жахон чемпионатына шыгыу кайдам ау
Dastan Uteuliev
12/02/2020 19:38
Надаел Озбекистан бойынша норма. Состав жок
&
дилик
12/02/2020 19:32
Нима кераги бор узбекистонни 3 йоки 4 состави бн чет элда укув йигини утказиш... пулни бошка жойга сарфлашни йулини топишмадими дейман
&
AMUDARYO MANG'IT
12/02/2020 22:13
Unday emas to'g'ri qiladi Abramov. Yoshlarga xam imkon berish kerak sinab ko'rish kerak ertami kechmi Axmedov Shukurov Masharipov qochangacha o'ynaydi
&
Ramzis ll
12/02/2020 19:02
Islom Qobilovga ... bormi uyam Sergeyov Ikki bo'ladi shekilli.
Аваз Бегматов
12/02/2020 19:05
Фикрларимиз деярли бир хил?!
Dastan Uteuliev
12/02/2020 19:43
Нападениеге Шахрам Гиасовты алып кетин, любойын котин айырып, жагын сындырып келсин
Аваз Бегматов
12/02/2020 19:03
Бобур Абдухоликов ни асло кераги йук, уйлайман ки Сергеевни хам, асло кераги йук