
Uzreport telekanali boks bo‘yicha jahon chempionati translyatsiya huquqini sotib oldi
Xabaringiz bor joriy yilning 7-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Ekatirinburg shahrida boks bo‘yicha 20-Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Yurtimizdagi muxlislar o‘rtasida mazkur sport turiga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olgan holda, UZREPORT TV telekanali mazkur musobaqa translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sharafini Jahon chempionatida quyidagi bokschilarimiz himoya qilishadi:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov;
-57 kg: Miraziz Mirzahalilov;
-63 kg: Elnur Abduraimov;
-69 kg: Bobousmon Baturov;
-75 kg: Fanat Qahramonov;
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov;
-91 kg: Sanjar Tursunov;
+91 kg: Bahodir Jalolov.
O‘zbekistonlik muxlislar boks bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimi, chorak final, yarim final va final janglarini UZREPORT TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin! Ochilish marosimi ertaga 8 sentyabr kuni soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar