Usmon frantsuzlar uchun barcha zamonlar rekordini o‘rnatib berdi

  • 8 may, 11:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining ikkinchi yarim final javob uchrashuvida “Pari Sen-jermen” o‘z maydonida “Arsenal” futbolchilari qabul qildi.

Tecno

Dastlabki uchrashuvda “kanonirlar” maydonidan kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytgan parijliklar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ham ustunligini namoyish qildi. Fabian Ruis va Ashraf Hakimining gollari PSJga 2:1 hisobida g‘alab kelitrdi.

Londonliklarning yagona javob to‘pi Bukayo Saka hisobiga yozildi.

Uchrashuvda Hakimining goliga assistentlik qilgan Usmon Dembele frantsiyalik futbolchilar uchun barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi. Dembele Chempionlar ligasining bir mavsumida eng ko‘p samarali harakatni amalga oshirgan frantsiyalik futbolchi sifatida o‘z nomini tarixga yozdi.

Squawka statistika markazining ma’lum qilishicha, 27 yoshli hujumkor futbolchi gol+pas tizimi bo‘yicha 12 bal to‘pladi. Bu mavsum qit’aning eng nufuzli musobaqasida 14 marotaba maydonga tushgan Dembele sakkizta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.

Endi PSJ 31 may kuni Germaniyadagi “Arena  Myunxen” stadionida bo‘ladigan final uchrashuvida “Inter” bilan kuch sinashadi. Dembeleda rekordini yangilish va yaxshilash uchun yana bir imkoniyat bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!