
Usman Nurmagomedovmi yoki Pol Xyuz? Xabib javob berdi
37 yoshli UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov amakivachchasi Usmon Nurmagomedov va irlandiyalik Pol Xyuzning jangi uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
“Mening taxminim shunday: Usmon jangda to‘liq ustunlik qilib, uni dominant tarzda engadi. Agar raqibini muddatidan oldin mag‘lub etsa ham yanada zo‘r bo‘lardi”, — dedi Xabib PFL matbuot xizmatiga bergan intervyusida..
Eslatib o‘tamiz, Usmon va Polning ilk jangi joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan va unda Nurmagomedov hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozongandi.
Fikrlar