Usman Nurmagomedov: "Pol x’yuz menga muammo tug‘dira olmaydi!"

  • 18 sentabr, 12:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

PFL ning engil vazn chempioni Usman Nurmagomedov 3 oktyabr kuni Dubayda bo‘lib o‘tadigan "PFL Champions Series Road to Dubai" turnirida irlandiyalik Pol Xyuz bilan bo‘ladigan revansh oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Tanaffus xato bo‘lishi mumkinmi? Yo‘q, men bunday deb hisoblamayman. Shu vaqt davomida muntazam mashg‘ulotda bo‘ldim. Xyuz menga hech narsa taklif qila olmaydi. U faqat sparring-partnyor, bundan ortiq hech kim emas. U menga muammo tug‘dira olmaydi. Biroq bir narsani tan olaman: birinchi jangda men unga etarlicha hurmat ko‘rsatmaganman. Bu katta xatoyim bo‘lgan. Endi esa uni jangchi sifatida hurmat qilaman va bunday xatoni qaytarmayman", - dedi rossiyalik. 

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Xyuzning ilk to‘qnashuvi 2025 yil yanvarida bo‘lib o‘tgan va besh raundlik jang yakunida Usman hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!