Useyn Bolt: Sulsher juda yuvosh. U o‘zgarishi kerak

  • 18 mart, 2021, 20:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli sprinter Useyn Bolt “Manchester Yunayted”ning ashaddiy ishqibozi ekanini ko‘pchilik bilsa kerak. Yamaykalik sportchi “qizil iblislar”ning bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Sulsher “Manchester Yunayted”ni sovrinlar sari etaklay oladimi? Albatta, agar u o‘zgarsa. U juda yuvosh. U hech qachon futbolchilar haqida yomon gapirmaydi, hatto ular yaxshi o‘ynamagan bo‘lsalar ham. Bu yagona sabab.

Agar Sulsher o‘zgarib, futbolchilarga bosim o‘tkaza boshlasa va yaxshi o‘ynamagan paytda ularga tanbeh bersagina, u qolishi kerak”, - dedi Bolt.

UEFA Evropa ligasida kurashni davom ettirayotgan MYu ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!