
Urugvaylik futbolchi og‘ir kasallik sabab vafot etdi
Urugvaylik himoyachi Xuan Iskerdo Libertadores kubogining "Nasonal Montevideo" - "San-Paulu" o‘yinidagi yurak to‘xtab qolishi natijasida vafot etdi.
Aritmiya kasalligi tufayli sodir bo‘lgan yurak xuruji 23 avgust kuni o‘yin vaqtida sodir bo‘lgan. Futbolchi kutilmaganda hushini yo‘qotgan. Shundan so‘ng, darxol kasalxonaga yotqizilib, bir qancha davo choralari qilindi. Shifokorlar uning hayoti uchun bir necha kun kurashdilar. Ammo oxir-oqibat Izkerdo vafot etdi.
Qayg‘uli hodisaga yana bir fojea qo‘shadigan narsa - himoyachining o‘limidan atigi bir necha kun oldin farzandli bo‘lganligi edi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi deyarli butun faoliyatini Urugvayda o‘tkazgan. So‘nggi ikki yildan beri esa, "Nasonal"da o‘ynab kelayotgan edi. U joriy mavsum klub safida umumiy 23 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgandi.
Fikrlar