Upamekano:"Yo‘q, bu Messi emas"

  • 18 yanvar, 2023, 20:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Dayo Upamekano faoliyatida to‘qnash kelgan eng qiyin raqibi kim ekanligini aytdi.

Tecno

"Men qarshi o‘ynagan eng qiyin hujumchi bu Usmon Dembele. Yo‘q, Messi emas. Bu Usmon. U juda tez harakat qiladi", - dedi JCh kumush medali sohibi.

Eslatib o‘tamiz, Upamekano va Dembele Qatardagi jahon chempionatida birgalikda Frantsiya terma jamoasi sharafini himoya qilishdi, klublar miqyosida esa futbolchilar Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi mavsumida to‘qnash kelgandi. O‘shanda "Bavariya" ikkala bahsda ham "Barselona"ni mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!