Unutuvchi muxlisga eslatma: Mbappe hali Messi va Ronaldu darajasida emas

  • 20 dekabr, 2022, 17:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taassurotlari bizni hamon tark etmayotgan Qatar-2022 yakuniga etdi. Yangi yulduzlar kashf qilingan, ko‘z yoshlar to‘kilgan va oxiri millionlab ishqibozlar istaganidek yakunlangan mundial tortishuvlarsiz ham o‘tmadi. Mbappeni Messi va Ronaldudan kuchliroq futbolchi bo‘ladi, degan taxminlar ham yangrashni boshladi. O‘lchov faqat jahon chempionatidagi o‘yinlar bilan bo‘lmasligi lozim. Ikki afsonani chetga surib qo‘yib, frantsuz yigitchani ko‘kka ko‘tarayotganlarga eslatmoqchi bo‘lganlarim bor. Shu ikki futbolchi davrida ulg‘aygan inson sifatida gapirganlarimni tarafkashlik, deb o‘ylamang. 

Ko‘proq fokusni Messi va Mbappega qaratamiz. Sababi, ular finalda va bir oy davomida qilgan ishlarini ko‘rdik.

[Downloader.la]-63a19f5daa4ed

Tecno

Ha, Mbappe tez. Nihoyatda tezkor va killer hujumchi. Messi o‘yin quruvchi, dribling ustasi, yuksak aql sohibi. Aynan maydonda. Bu hozirgi holat bilan o‘lchanganda. Kilian o‘ta tezlik bilan himoyani yorib kirib ketganda vauu! U kuchli zarba bilan gol urganda, vauu! Finalda uni eng yaxshi bo‘ldi deganlar qisman xaqdir. Ammo Leo o‘sha ishlarni barchasini aql bilan bajardi. Penaltini ham. Yorib kirishlarni ham. Shuningdek, uning uzatmalari hujumlarni keskinlashtirib beradi. Maydonni ko‘ra olish ham a’lo darajada. 

Taroziga qo‘ying har ikkisini. Kimni finaldagi harakatlari og‘irroq tosh bosadi? Menimcha, Mbappeniki. Kichik farq bilan. Sababi, Messi qancha harakat qilmasin endi yosh va o‘ta tezkor emas. Biroq faoliyatining cho‘qqisida turgan Mbappe bilan "olishdi". Butun chempionat davomida 35dan 36ga qarab ketayotgan Leo ayni kuchga to‘lgan Kiliandan kam emasdi. Shuning o‘zi yutuq emasmi?! Buyuklikdan dalolat emasmi?!

Axir, biz hamon yangilarni tan ololmayotgan avlod bilamiz-ku, Ronaldu va Messi 23-24 yoshida nimalarga qodir bo‘lganini. 30-35 metrlardan "pushka"lar yo‘llaydigan, jarima maydoni ichida "qotil" hisoblangan Ronalduni eslaysizmi? 5-6 nafar futbolchini ko‘rdim demay o‘tib ketadigan, jarimalarni penaltidek tepadigan Messinichi?

[Downloader.la]-63a19fc9c4f35

Ha, Mbappe hozir eng zo‘ri. Rasman! Biroq bu yigitning isbotlaydigan narsalari hali juda ko‘p. Ulardan o‘zib ketish va hatto yaqin kelish uchun juda ko‘p ter to‘kishi va stabillik ko‘rsatishi lozim. Hozirdan frantsuzni so‘nngi 15 yillikning ikki dahosiga tenglashtirish to‘g‘ri emas. Hozir u yaxshi ketmoqda va katta yo‘lning boshida. Yaxshi tezlik olgan. Uzoq yillar shunday davom etishi talab qilinadi. Har holda, Neymarni ko‘pchilik ularning darajasiga chiqa oladi, deb hisoblardi. Shoshilgan ekanmiz. Yana shunday qilmaslik kerak.

Bor e’tibori hozirgi jarayonda bo‘lgan unutuvchi muxlis. Yoddan chiqib qolayotgan bo‘lsa, Ronaldu yoki Messi ismini You Tube ga yozib, ular maydonda ko‘rsatgan sehrgarliklarni tomosha qil. Uzoqni ko‘ra olgan yoki bugun bilan yashagan yaxshi, ammo o‘tmishni shunchaki unutib bo‘lmaydi.

Qolaversa, o‘tmish o‘zining hali o‘tmishga aylanmaganini hamon eslatib turibdi.

[Downloader.la]-63a1a0dd8aa3b



















 

                                                                                                                           
                                                                                                                                  Xudayqulov Karim maqolasi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!