Universiada-2022. Toshkent viloyati jamoasi kurash bahslarida birinchi bo‘ldi

CHERY AUTO

Mamlakatimizda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida ko‘p yillardan buyon o‘tkazilib kelinayotgan Universiada sport o‘yinlari chin ma’noda  jismoniy tarbiya va sportni yoshlar orasida ommaviyligini ta’minlashda,  talabalarning sport turlariga bo‘lgan  qiziqishning ortishiga, qolaversa, iste’dodli talaba-yoshlar saralanib, ularning katta sport sari dadil qadam tashlashiga muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tecno

Universiada sport o‘yinlari dasturidan joy olgan sportning belbog‘li kurash turi bo‘yicha joriy yilning 18-19 fevral kunlari Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yangidan barpo etilgan zamonaviy sport zalida yuqori saviyada bo‘lib o‘tgan respublika final bosqichida ham eng kuchli va iqtidorli sportchilar saralandi.

Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 98 nafar yigitlardan iborat sportchi-talabalar 55, 60, 66, 73, 81, 90, +90 kg. vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashishdi. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqaning barcha vazn toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindor sportchilar nomi aniqlandi.
Demak, belbog‘li kurash bo‘yicha “Universiada – 2022”ning g‘olib va sovrindorlari bilan tanishamiz.
55 kg.
1. Asomiddin Zokirjonov  (Toshkent v.)
2. Sa’dulla Mo‘minov (Farg‘ona)
3. Nurillo Kamolov (Navoiy)
3. Laziz Toshkentbokv (Samarqand)
60 kg.
1. Kamron Ortiqov (Toshkent v)
2. Abdulla Mamadaminov (Buxoro)
3. Sohibjon Jakbaraliev (Namangan)
3. Diyorxo‘ja Mo‘ydinov (Farg‘ona)
66 kg.
1. Azizbek Azimjonov (Farg‘ona)
2. Sarvar To‘xtasinov   (Namangan)
3. Diyorbek Saydullaev  (Sirdaryo)
3.Jamolbek Allayorov (Surxondaryo)
73 kg.
1. Samandar Anvarov (Farg‘ona)
2.  Nusrat Yo‘ldoshev (Toshkent v.)
3.  Azizbek Abduqodirov (Sirdaryo)
3. Alibek Bekmurodov (Buxoro)
81 kg.
1. Mavlonbek Mirkomilov (Andijon)
2. Diyorbek Xudoyberganov (Toshkent v.)
3. Ibrat Ma’murov (Samarqand)
3. Ziyodulla Tursunboev (Namangan)
90 kg.
1. Bekzod Abdurahmonov (Toshkent v.)
2. Rahmatilla Anvarjonov (Namangan)
3. Bekzod Ahmedov   (Toshkent)
3.Ulug‘bek Bolqiboev (Jizzax)
+90 kg.
1. Ilyosbek Ortiqjonov (Toshkent v.)
2. Shohruxbek  Mirolimov (Farg‘ona)
3. Jasur Mahmudov (Jizzax)
3. Rivojiddin Sharofiddinov (Namangan)

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining talabalaridan iborat Toshkent viloyati jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallashdi. Ikkinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati talabalari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin namanganlik talaba-sportchilarga nasib etdi.

Bellashuvlar yakuniga etgach, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘olib va sovrindor sportchi-talabalar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi. Taqdirlash marosimida Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov,  O‘zbekiston talablar sporti assotsiatsiyasi sport bo‘limi boshlig‘i G‘olibjon Ibodov ishtirok etdi.

photo_2023-02-19_18-55-09photo_2023-02-19_18-55-08photo_2023-02-19_18-57-32photo_2023-02-19_18-23-37photo_2023-02-19_18-55-06 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!