
Uni “Barsa”da yorqin kelajak kutmoqda
“Barselona” yarim himoyachisi Gavi o‘ziga jiddiy qiziqish bildirib kelayotgan “Liverpul” va “Manchester Siti” takliflarini rad etishga qaror qildi. Iste’dodli futbolchi kataloniyaliklar bilan kelishuvni yangilab, faoliyatini Xavi qo‘l ostida davom ettirmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” mutasaddilari 17 yoshli vunderkindga yangi shartnoma nusxasini dekabr oyidayoq berib qo‘ygan. Tomonlar bu masalada deyarli barcha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan va tez orada munosabatlar shartnoma imzolash orqali rasmiylashtiriladi.
Gavi bu chempionatda 25 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marta ishhol qildi va jamoadoshlarini besh bor golli pas bilan ta’minladi.
Vunderkindning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Uning transfer summasi kamida 60 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar