
Unai Emeri "Vulverxempton"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri kecha "Vulverxempton"ga qarshi APLning 31-tur qoldirilgan uchrashuvida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bugun biz uchun qiyin bo‘lishini bilgandik. Raqibimiz butun mavsum davomida hujumda ham, himoyada ham juda yaxshi harakat qilmoqda. Ular bugun ham juda tartibli o‘yin namoyish etishdi. Shu bois biz u qadar ko‘p vaziyat yarata olmadik.
Hozir biz juda ranjiganmiz, ammo uch oy oldin qanday o‘ynaganimizni eslashimiz kerak va kuchli to‘rtlikka qaytishga ijobiy qarashimiz kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “kanonirlar” ayni damda APL musobaqa jadvalida 66 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turishibdi. Ular EChL yo‘llanmasini beruvchi 4-o‘rinda borayotgan “Chelsi”dan 1 ochko kam jamg‘arishgan.
Ma’lumot uchun, “Arsenala” premer-liganng so‘nggi 3ta turini "Lester", "Brayton" va "Byornli"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar