
Unai Emeri Mbappega ispan klubiga o‘tishni tavsiya qildi
Frantsiyalik murabbiy Unai Emeri PSJ forvardi Kilian Mbappega kelajagi borasida o‘z tavsiyalarini berdi. "Arsenal" sobiq ustozining fikricha, Ispaniyaga ko‘chib o‘tish Mbappening karerasiga ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkin ekan.
"Men Kilianni La Ligada ko‘rishni istardim. Unda dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish uchun barcha imkoniyat bor. Agar u Ispaniyaning grand klublaridan biriga o‘tadigan bo‘lsa, bunga erishishi osonroq bo‘ladi", - deydi Unai Emeri.
Eslatib o‘tamiz, Unai Emerining o‘zi 2016-2018 yillar mobaynida Parij klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Fikrlar