Umar Nurmagomedov: “Islom Maxachev har bir jangga bir nechta reja bilan chiqadi”

  • 18 oktabr, 21:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Rossiyalik Umar Nurmagomedov vatandoshi Islom Maxachevning ayni damdagi holati va Jek Della Maddalenaga qarshi jangga tayyorgarligi haqida gapirdi.

Tecno

“Islom ajoyib formada. U juda aqlli jangchi. Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman — u hech qachon jangga bitta reja bilan chiqmaydi. Unda har doim A, B, V va hatto undan ham ko‘proq variantlar bo‘ladi. Agar bir usul ishlamasa, darhol boshqasini qo‘llaydi. U har qanday holatga tayyor. Shuningdek, Maxachev ajoyib do‘st va birodar hamdir. Men ishonaman, u Maddalenani mag‘lub etib, kamarni qo‘lga kiritadi”, — dedi Umar "MMA Junkie" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Islom (27-1) 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida Jek Maddalena(18-2)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!