Ular pulni ayamadi!

  • 22 avgust, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer bozorini kuzatib borayotgan mutaxassislar Pngliya premer-ligasi debyutanti “Nottingem Forest” jamoasi xarajatlariga alohida e’tibor qaratdi.

Tecno

“O‘rmonchilar” yuqori diviziondagi o‘rnini saqlab qolishni tarkibni kuchaytirishdan boshladi. Ular yozbo‘yi yangi o‘yinchilarga 149 million evro miqdorida pul sarflagan.

Faqat ikki klub “Nottingem Forest”dan ko‘p xarajat qildi. Yangi xo‘jayin qo‘l ostiga o‘tgan “Chelsi” transferlarga 187 million evro, mavqeini tiklashga urinayotgan “Barselona” 153 million evrodan voz kechdi.

Keyingi o‘rinlarda “Bavariya” (138 million evro) va “Arsenal” (132 million evro) qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!