Ular orasida to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi bor...

  • 6 mart, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida ham yangi mavsum boshlandi. O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu gal amaldagi chempioni “Ordabasi”, tashkil topganining 70 yilligini chempionlik bilan nishonlashga intilayotgan “Qayrat” va “Qaysar” jamoalari o‘yinlarini alohida e’tibor bilan kuzatib boradi.

Tecno

Chunki bu yilgi chempionatda o‘zbek futbolining to‘rt nafar tarbiyalanuvchisi – “Ordabasi”da Shahboz Umarov va Jasur Yaxshiboev, “Qayrat”da Ibrohimxalil Yo‘ldoshev hamda “Qaysar”da Shohnazar Norbekov to‘p tepmoqda.

383cc8810c26a3dc971795df8104df86

Statistika mutaxassislari Qozog‘iston Premer-ligasining yangi mavsumida 58 nafar futbolchi ushbu musobaqada debyut qilganini hisoblab chiqishdi.

Eng ko‘p xorijlik futbolchini o‘ynayotgan jamoa sifatida “Jenis” qayd etilgan. Bu klub jami 11 nafar legioner xizmatidan foydalanmoqda.

Eng kam legionerga ega klublar – ikkitadan xorijlik o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazgan “Qaysar” va “Qayrat” hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, har ikki klubdagi legionerlarning bir nafardani o‘zbeklar – Shohnazar Norbekov va Ibrohimxalil Yo‘ldoshevdir.

Premer-ligada ilk bor maydonga tushgan 58 nafar charm to‘p ustasidan atigi uch nafari – Nurbol Anuarbekov (“Jenis”), Miras Umaniyazov (“Aktobe”), Ersultan Torekul (“Kaysar”) mahalliy futbol klublari tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

O‘zbekistonliklardan faqatgina Shahboz Umarov Qozog‘iston Premer-ligasida o‘ynash bo‘yicha katta tajriba to‘plagan va amaldagi chempion hisoblanadi. Jasur Yaxshiboev, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ilk turda boshlang‘ich tarkibda, Shohnazar Norbekov zaxiradan maydonga tushib, qo‘shni mamlakat chempionatida debyutini nishonladi.

Manbaga ko‘ra, Qozog‘iston Premer-ligasining 2024 yilgi mavsumida debyutini o‘tkazgan xorijlik futbolchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Matiya Rom, Zurab Tevzadze, Arb Manay, Irakli Bidzinashvili, Kristian Novak, Sergey Volkov, Ilyasa Zulfiu, Vasilios Karagunis, Marin Belanchich, Jon Kleber Oliveyra da Silva (“Jenis”), Pape Aliun Ndiaye, Ededem Edem Essen, Ahmad Al-Messaudi, Ivan Miladinovich, Devid Boris Enen, Radoslav Tsonev, Godberg Barri Koper (“Tobol”), Uche Xerri Agbo, Gabi Junior Kiki, Bogdan—Ilie Vetejelu, Xose Fransisko Sevalos Enrikes, Jayro Estefano Jan (“Aktobe”), Maykom Rodriges, Rober Ndip Tamb, Nikolay Zolotov, Ivan Sharavanya, Nikita Korzun, Kventin Kornett (“Elimay”), Fedi Selim Ben Choug, Antonio Jakolish, Artyom Arxipov, Branislav Sluka, Leonardo Vaka Guterez, Viktor Velkoski (“Turon”), Rejinaldo Lopes de Isus, Lovro Chvek, Jasurbek Yaxshiboev, Zlatan Shexovich, Igor Plastun (“Ordabasi”), Zoran Nijich, Vladislav Sorokins, Oleksiy Shebetun, Irakli Bugridze (“Qiziljar”), Ioannis Masouras, Barns Osey, Usman Kamara (“Astana”), Nikolay Signevich, Ngandu Kayamba Joel, Lamin Jarjou (“Atirau”), Filip Stamenkovich, Imeda Ashortiya, Xuan Asprilya (“Shaxtyor”), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Giorgi Zariya (“Qayrat”), Shohnazar Norbekov (“Qaysar”).

Umuman olganda, Qozog‘iston Premer-ligasida bu mavsum 13 ta jamoa o‘zaro raqobatlashadi. Ular hammasi bo‘lib 352 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shundan 39,2 foizi, ya’ni 138 nafari xorij uzoq va yaqin xorijdan kelgan.

65d0a3e6d2a24

Premer-ligada dunyoning turli mintaqalaridagi jami 46 mamlakatdan kelgan futbolchilar ishtirok etmoqda. Eng ko‘p o‘yinchi Belarusdan – 17 nafar. Rossiyadan 16, Braziliya va Gruziyadan 11 nafardan futbolchi bor.

O‘rinboev Angliyaga qanday borib qoldi?

Legionerimiz Angliyada o‘yin o‘tkazadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!