Ular orasida Husanov ham bor! “Barselona” manchesterliklar transferlariga munosabat bildirdi

  • 13 fevral, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” qishki transferlar davrida eng katta xaridlarni amalga oshirgan klub sifatida ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Tecno

Mavsumning birinchi yarmidagi inqirozdan keyin Xosep Gvardiola tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga kirishdi.

Yanvarda “shaharliklar” katta xarajat qilib, “Lans”dan Abduqodir Husanovni, “Palmeyras”dan Viktor Reysni, “Antraxt”dan to‘purar hujumchi Umar Marmushni, “Portu”dan Niko Gonsalesni transfer qildi.

Bu futbolchilarning bari Xose Gvardiola qo‘l ostida turli darajadagi uchrashuvlarda debyutini o‘tkazib bo‘lgani jamoaning ularga ishonchi katta ekanidan dalolat beradi.

Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA qishki transferlar davrida yanvar oyida futbol klublari jami 5863 ta transferni rasmiylashtirshanini, savdolarning umumiy qiymati 2,35 milliard AQSh dollarini tashkil qilganini va bu ko‘rsatkich yangi rekord ekanini e’lon qildi.

Yanvar oyida eng ko‘p xarajat qilganlari Angliya klublari bo‘ldi. Zamonaviy futbol vatanidagi klublar yangi o‘yinchilar uchun 621,6 million dollar miqdorida mablag‘ sarfladi. Mana shu umumiy summadan qariyb uchdan birini “Manchester Siti” sarfladi.

Transfer bozorida Ispaniya chempionati vakillari sust harakat qildi. Xususan, yanvarda eng ko‘p xarajat qilgan ligalar reytingida La Liga ko‘rinmadi. Angliya, Germaniya, Italiya, Frantsiyadan keyingi o‘ringa Saudiya Arabistoni ko‘tarildi.

“Barselona” sport direktori Deku kataloniyaliklarning transfer bozoriga kirmaganini tanqid qilayotgan futbol jamoatchiligi vaziyat bo‘yicha izoh berdi. Bu mutaxassis o‘z munosabatida “Barselona”ni Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti”ga taqqosladi.

- Bugungi kunda to‘rt-besh nafar yangi o‘yinchi olib kelishimizga ehtiyoj yo‘q. Biz hozir ham baxtiyormiz, chunki avvalgidek yangi futbolchilar transferi bilan bog‘liq bosh og‘rig‘imiz yo‘q.

Masalan, “Manchester Siti” to‘rt nafar yangi ijrochini olish uchun 200 million evrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Biz esa, bunaqa katta xarajatlar qilishga qodir emasmiz, - dedi Deku.

Ta’kidlash joizki, “Barselona” bir necha yil davomida moliyaviy inqirozni boshdan kechirdi. Bu kataloniyaliklarning transfer siyosatiga ta’sir qildi. Xususan, Deku yozda katta umidlar bilan jamoaga olib kelingan Daniel Olmoni La Liga qaydnomasidan o‘tkazishda juda katta qiyinchiliklarga duch keldi.

 Bu muammolar “Barselona”ning moliyaviy ahvolidan kelib chiqdi va klub rahbariyatini qisqa fursatda mablag‘ bilan bog‘liq masalalarni echishga majbur qildi.

Bugungi kunda ham Ispaniya futboli bayroqdorlaridan hisoblangan “Barselona” moliyaviy barqarorlik va transferlarni amalga oshirish borasida nafaqat ashaddiy raqibi “Real”, balki Evropaning boshqa grand klublari bilan ham raqobatlashishga qiynalayotgani bor gap.

G‘alati duel: Shomurodov yoki Dovbik?

Shomurodovni mashhur klub olmoqchi!

Shomurodovga kutilmagan yangi xaridor chiqdi, lekin...

Jahon chempioni Husanovga qanday baho berdi?

Gol Husanov kelajagiga qanday ta’sir qilishini aytishdi!

Raneri o‘yini o‘zgargan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!