
Ular “Manchester Yunayted” bilan xayrlashishga tayyor
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik klub qishki transferlar vaqtida bir necha futbolchilarning ketishi bo‘yicha ular bilan muzokara o‘tkazayotganini tan oldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda jamoa ichida o‘ziga berilayotgan o‘yin amaliyotidan norozi bo‘layotgan o‘yinchilar tobora ko‘payib bormoqda.
Xususan, darvozabon Din Xenderson, himoyachi Erik Bayi, pleymeyker Donni van de Bek, yarim himoyachi Jessi Lingard va hujumchi Antoni Marsyal jamoadagi ahvolidan qoniqmayapti va kelajagini “Manchester Yunayted” bilan bog‘lamoqchi emas.
Rangnik bu masalani hal qilishni klub mutasaddilariga qo‘yib bergan va yanvarda bir necha futbolchi ketishiga tayyor ekanini bildirmoqda.
- Nima bo‘lishini men bilmayman. Bilganim, ayrim o‘yinchilar ketmoqchi bo‘lyapti. Boshqa klublar bilan muzokaralar o‘tkazilyapti, lekin men ularga aralashganim yo‘q. Menimcha, hammasi hal bo‘lganidan keyin menga xabar berishsa kerak, - dedi Ralf Rangnik.
Fikrlar