
Uimbldon. Novak Jokovich turnirning 7 karra chempioniga aylandi
Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlari nihoyasiga etdi.
Hal qiluvchi bahsda serbiyalik Novak Jokovich Avstraliya vakili Nik Kirosga qarshi kortga chiqdi. Kutilmaganda ilk setni boy bergan Novak keyingilarida faollikni oshirdi hamda o‘yin taqdirini o‘z foydasiga hal etdi. Yakuniy hisob - 4:6, 6:3, 6:4, 7:6(7:3).
Shu tariqa, 35 yoshli raketka ustasi 7 karra Britaniya ochiq chempionati g‘olibiga aylandi. Shuningdek, uning "Ulkan toj" turkumidagi musobaqalarda qo‘lga kiritgan bosh sovrinlari soni 21 taga etdi.
Fikrlar