
UFCdagi ikkinchi o‘zbek jang avvalidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi...
MMA olamidagi eng nufuzli promoushen hisoblanuvchi UFCda ikkinchi o‘zbekistonlik jangchi paydo bo‘ldi. Ya’ni, kuni kecha o‘ta engil vazn toifasida "Bellator" da o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan, okean ortida "The Lion" nomi bilan mashhur Zarruh Adashev Dana Uayt boshchilik qiladigan promoushen bilan shartnoma imzoladi va tez sur’atlarda unga oktagonga ko‘tarilish imkoniyati taqdim etildi. Ma’lumki, Zarruh 13 iyun (Toshkent vaqti bilan yakshanba tongda) Las-Vegas shahrida mezbon Taysan Nemga qarshi debyut jangini o‘tkazadi. Quyida, mazkur voqeyliklarga hamyurtimiz o‘z munosabatini bildirish barobarida jangdan avvalgi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Avvalo, barcha yurtdoshlarimizni UFC bilan shartnoma imzolashim borasida bildirgan iliq fikrlari va tabriklari uchun samimiy tarzda minnatdorchilik izhor etaman. Albatta, UFC dagi raqiblar oddiy bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, muxlislarimizni xursand qilishga va yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishga harakat qilaman. Hozirda 10 kg vazn tashlashga to‘g‘ri kelib qoldi. Sababi, voqealar rivoji tezlashib ketdi. Nasib qilsa, barchasi yaxshi bo‘ladi va sizlarni g‘oyibona qo‘llab-quvvatlashlaring va duolaring evaziga debyutim muvaffaqiyatli ko‘rinish oladi, degan umiddaman!
Fikrlar