
UFC yulduzlarining revansh jangi restlingda (WWE) bo‘ladi
Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Keyn Velaskes MMAdagi faoliyatini rasman yakunladi. Endi u restlingda o‘zini sinab ko‘radi.
“Dana Uayt bilan gaplashdim. U mening qarorimni 100 foiz qo‘llab-quvvatladi. Biz barchasi uchun bir-birimizga minnatdorchilik bildirdik.
Endi MMAdagi faoliyatim o‘z yakuniga etdi. Buyog‘iga WWE haqida o‘ylayman. Men qayta tug‘ildim va endi ushbu sport turiga chuqurroq kirib bormoqchiman",- dedi Velaskes.
31 oktyabr kuni Keyn Velaskes restling bo‘yicha UFCning sobiq chempioni Brok Lesnar bilan uchrashadi. Aynan Velaskes uni 2010 yil 23 oktyabrda bo‘lib o‘tgan jangda UFCning og‘ir vazn toifasidagi chempionligidan mahrum qilgandi. Mazkur to‘qnashuvda Keyn birinchi raundning o‘zida texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan.
Fikrlar