
UFC tarixidagi 5 nafar eng yaxshi kurashchi kim?
Britaniyalik sobiq UFC chempioni Maykl Bisping UFC tarixidagi 5 nafar eng yaxshi kurashchi kimligini aytdi. Ushbu ro‘yxatdan, Xabib Nurmagomedov, Genri Sexudo, Islom Maxachev, Xamzat Chimaev va Daniel Korme o‘rin oldi.
"Habib Nurmagomedov - eng zo‘r kurashchi. Aynan shu mahorati tufayli u barcha raqiblarini mag‘lub etgan. Hamma uning nima qilishini bahs oldidan bilardi, biroq Xabibning usuliga qarshi hech narsa qo‘llay olishmasdi" - dedi Bisping.
Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov oxirgi jangida Jastin Getjini 2-raundda sabmishn evaziga taslim qilgandi.
Fikrlar