
UFC sobiq chempioni yana hibsda!
UFC ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Bi Jey Penn yana politsiya qo‘liga tushdi. 46 yoshli jangchi Xilo shahrida sud qarori bilan taqiqlangan hududga kirgani uchun qo‘lga olindi.
Bu — so‘nggi besh oy ichida uning kamida beshinchi hibsga olinishi. Penn hech qanday qarshiliksiz ushlangan va ertasi kuni unga rasmiy ayblov qo‘yildi. Garov miqdori $2000 etib belgilandi va u tez orada to‘lab, ozod qilindi.
Ma’lum qilinishicha, MMA faxriysi Kapgra sindromidan aziyat chekadi. Bu kam uchraydigan ruhiy buzilish bo‘lib, unda odam o‘z yaqinlarini go‘yoki ularning nushalari bilan almashtirilgan deb hisoblaydi. Penn avvalroq o‘z oilasini hukumat agentlari deb atagan va ular uning mol-mulkini tortib olishni xohlashayotganini aytgan edi.
Fikrlar