
"UFC Fight Night 250" turniri. Qo‘shnimizdan ajoyib g‘alaba yoxud prelim kardda qayd etilgan natijalar bilan tanishing
Xabaringiz bor, ayni paytda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida "UFC Fight Night 250" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgina prelim karddagi janglar yakunlandi. Quyida natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Prelim:
Muhammad Naimov ochkolar evaziga Kaan Oflidan ustun keldi;
Shamil Gaziev 1-raundda Tomas Petersenni nokaut qildi;
Terrens MakKinni 1-raundda Damir Xadzovichni texnik nokaut ga uchratdi;
Jasmin Jasdavisius hakamlarning yakdil qarori bilan Mayra Bueno Silvani engdi;
Bogdan Grad brazilyalik Lukas Aleksanderni 2-raundda texnik nokaut bilan taslim qildi;
Xamdi Abdelvaxab Jamal Podjsni ochkolar evaziga mag‘lub etdi (27-30, 29-28, 29-28).
Fikrlar