
"UFC 311" turniri boshqa sanaga qoldiriladimi?
Taniqli insayder Ariel Xelvanining xabar berishicha, UFC rahbariyati Los-Andjelesdagi o‘rmon yong‘inlari sababli 18 yanvarga belgilangan "UFC 311" turnirini boshqa muddatga qoldirish rejasini ishlab chiqmoqda.
Shuningdek, insayder promoushen mazkur oqshomni boshqa joyga, aniqrog‘i Las-Vegasga ko‘chirishi mumkinligini ham inkor etmadi.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 311:" turnirining asosiy to‘qnashuvida engil vazn toifasida amaldagi chempion Islom Maxachev (26-1) va Arman Tsarukyan (22-3) o‘zaro jang qiladi.
Fikrlar