
UFC 249. Stivens va Kattar qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi
18 aprel kuni Nyu-Yorkda UFC 249 kechasi bo‘lib o‘tadi. Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasida markaziy jang bo‘lib o‘tadi.
Ushbu oqshomda Jeremi Stivens va Kelvin Kattar o‘zaro to‘qnash kelishi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu juftlikning jangi aslida UFC 248 doirasida 7 mart kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgandi, ammo Stivens jarohatidan tiklanib ulgurmasligini ma’lum qilib, jangni qoldirilishini so‘ragan edi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Stivens hisobida 21 ta g‘alaba (19 nokaut) va 7 ta mag‘lubiyat bor, 31 yoshli Kattar esa faoliyati davomida 12 bor g‘alabaga erishgan (9 nokaut) va 8 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar