
“Ufa” va Oston O‘runov o‘yinini “Manchester Siti” xo‘jayinlari kuzatmoqda
“Manchester Siti”ga egalik qiluvchi City Football Group xoldingi “Ufa”jamoasi o‘yinlarini kuzatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur xolding Rossiya premer ligasida ishtirok etayotgan ushbu klubni xarid qilish istagini bildirgan.
Bundan tashqari, Oston O‘runov to‘p surayotgan klubni xarid qilish uchun City Football Group xoldingi Red Bull kompaniyasi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
“Ufa” klubining bosh direktori Shamil Gazizov rahbariyat investorlar bilan bir necha marotaba uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi. Har ikki kompaniya dunyo bo‘yicha qator futbol jamoalariga egaliq qiladi. City Football Group xoldingi yaqinda to‘qqizinchi jamoani xarid qilgani aytilmoqda.
Red Bull kompaniyasi jamoalari o‘rtasida eng mashhurlari “RB Leyptsig” va “Red Bull Zaltsburg”dir.
Fikrlar