
"Ufa" safarda "Spartak"ni yirik hisobda mag‘lub etdi, O‘runov jamoasiga yordam bera olmadi
Rossiya Premer-ligasi 26-turidan o‘rin olgan "Spartak" - "Ufa" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ufaliklar safida Vladislav Kamilov dubl qayd etgan bo‘lsa, Filip Mrzlyak hisob yirik ko‘rinishga kelishiga sabab bo‘ldi. 79-daqiqada moskvaliklar futbolchisi Samuel Jigo qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi. Ma’lumot uchun, Oston O‘runov ushbu bahsni jarohat tufayli o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa, "Ufa" ochkolari sonini 20 taga etkazib oldi va 14-o‘ringa ko‘tarildi. 47 ochko jamg‘argan "Spartak" 2-pog‘onaga chiqib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.
Fikrlar