“Ufa” futbolchilari O‘runovdan yordam kutyapti

  • 22 avgust, 2021, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ufa” hujumchisi Timur Jamaletdinov matbuotga bergan intervyusidan jamoaga yangi qo‘shilgan Oston O‘runovga ishonchi katta ekanini bildirdi.

Tecno

- Aslini olganda, Oston O‘runovning qaytgani zo‘r bo‘ldi. Uning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz. Bu futbolchi “Ufa”ga yordam berishga qodir. O‘yinchilar ham, murabbiylar shtabi ham Ostonga ishonamiz.

Uni olib kelish uchun bejizga shuncha harakat qilinmadi. O‘ylashimcha, Otsonning o‘ziga ham shu erda o‘ynash yoqimli. Unga omad va muvaffaqiyat tilagan holda, yaxshi o‘yin ko‘rsatishini kutyapmiz, - dedi Timur Jamaletdinov.

“Ufa” 19 avgust kuni Oston O‘runovni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oldi. O‘zbekistonlik yarim himoyachi premer-liganing beshinchi turida “Zenit”ga qarshi 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvda ufaliklar chempion jamoa bilan durang o‘ynab, piterliklardan bir ochko tortib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
22/08/2021 16:54
Бундай имкониятдан фойдаланияб қолгин Остонжон!!!