
Ueyn Runi "Derbi Kaunti"dagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Derbi Kaunti"dagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Avgust oyida 34 yoshli futbolchi chempionship klubi bilan shartnoma imzolagani va u "Derbi Kaunti" safiga 2020 yil yanvarida kelib qo‘shilishi mumkinligi xabar qilingandi. E’tiborli jihati endi Ueyn "Derbi Kaunti" safida nafaqat futbolchi, balki murabbiy sifatida ham faoliyat yuritadi.
Ayni damda Runining MLS chempionati vakili "Di Si Yunayted" bilan shartnomasi mavjud.
Fikrlar